Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq tumanlari, Angren, Olmaliq shaharlaridan so‘ng Bekobod shahriga tashrif buyurdi. Tashrif tafsilotlari “O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida keltirildi.
Videolavhada bildirilishicha, davlat rahbari shahardagi umumiy vaziyat va shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Shundan so‘ng u shahar faollari va rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zining chiqishida Shavkat Mirziyoyev Bekobodda yashash sharoitlari yetarli emasligini ta’kidlab o‘tib, ijtimoiy va maishiy hayotning ko‘plab sohalarida yetarli darajada ishlar olib borilmayotganini tanqid ostiga oldi.
Izoh (0)