AQShning Mayami shahrida politsiyaga otishma haqida xabar kelib tushgach, Dolphin Mail savdo markazi evakuatsiya qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Guvohlar otishma ovozlarini eshitganini ma’lum qildi. Hodisa joyiga o‘nlab politsiyachilar yetib keldi.
NBC Miami telekanali qayd etishicha, politsiya xodimlari savdo markazida o‘qchi borligiga shubhalanmoqda, ammo “hodisani go‘yoki u yerda o‘qchi bor, deya ko‘rib chiqmoqda”.
Mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
Izoh (0)