Isroil politsiyachilari Iordan daryosining G‘arbiy sohildagi nazorat-o‘tish punktida ularga pichoq bilan tashlangan 17 yoshli falastinlikni otib o‘ldirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
The Times of Israel nashriga ko‘ra, o‘smir politsiya zobitlariga yaqinlashgan, ular to‘xtashni so‘raganda esa pichoq bilan tashlangan. Bunga javoban politsiyachilar o‘t ochgan. Ulardan biri — 21 yoshli zobit yengil yaralangan.
Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi marhumning shaxsiga oydinlik kiritdi. U Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Tur Karam shahrida istiqomat qilgan Qutayba Zaxran bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)