Iroq bosh vaziri Haydar al Obodiy IShID guruhi jangarilarining Suriya bilan chegaradagi so‘nggi eng yirik tayanchi — Tall-Afar shahrini terrorchilardan ozod etish bo‘yicha harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Aziz xalqimiz, Tall-Afarni ozod qilish vaqti keldi”, — dedi u 20-avgust, yakshanba kuni televizor orqali bergan bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Iroq armiyasining barcha pozitsiyalari “Tall-Afar tomonga uni qutqarish uchun yo‘l olmoqda”.
“IShID endi yo taslim bo‘lishi, yo o‘lishi kerak”, — deya ta’kidladi bosh vazir.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)