Barselonadagi terakt ijrochilaridan biri deb taxmin qilinayotgan shaxsning onasi o‘g‘lini hukumatga taslim bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ayol Ripol shahri markazida uyushtirilgan aksiyadar qatnashgan. Ushbu tadbir davomida musulmonlar tinchlik chaqiriqlari bilan ko‘chaga chiqdi.
“U (Abu Ya’qub) politsiyaga borsin, taslim bo‘lsin, o‘lgandan ko‘ra qamalgan ma’qul”, — dedi ayol.
Ayni paytda politsiya uch nafargacha ushlanmagan terrorchini qidirmoqda.
Izoh (0)