Venesuela parlamenti — Milliy majlis, prezident Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar tomonidan tuzilgan Ta’sis majlisi mamlakat parlamenti vakolatlarini o‘z zimmasiga olganini e’lon qilganiga qaramay, o‘z ishini davom ettirishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Ta’sis majlisi haqiqiy emas, uning harakatlari esa — noqonuniy hamda konstitutsiyaga zid. Ta’sis majlisining parlament vakolatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi farmoni Milliy majlis tomonidan ham, xalqaro hamjamiyat va xalq tomonidan ham qabul qilinmaydi”, — deyiladi Milliy majlis axborotida.
Avvalroq AQSh rasmiylari Venesuela Ta’sis majlisining parlament vakolatlarini o‘ziga olishi haqidagi yangi farmoni “hokimiyatni egallab olish” deb baholagan edi.
Izoh (0)