Livan armiyasi Suriya bilan shimoli-sharqdagi chegarada IShID jangarilariga qarshi operatsiya boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, armiyaning nishonlari IShIDning Ras-Baalbek shahri yaqinidagi pozitsiyalari hisoblanadi.
Xabar berilishicha, operatsiya doirasida raketalar, artilleriya va vertolyotlar harakatga keladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)