Shimoliy Koreya Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga ko‘mir va temir rudasi yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan. Bu haqda, BMTning xos hisobotiga asoslanib, Kyodo agentligi xabar bermoqda.
“Fevral oyi o‘rtalarida Xitoy KXDRdan xomashyo qabul qilishni taqiqlaganidan so‘ng, Shimoliy Koreya o‘z mahsulotlarini Malayziya va Vyetnamga yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan”, — deya hisobotdan iqtibos keltirmoqda “Kommersant”.
Hisobotga ko‘ra, birgina joriy yilning fevralidan keyingi olti oy davomida Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga 270 million dollarlik mahsulot yetkazib berilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Rossiya va Xitoydan KXDRga nisbatan munosabatni yanada qat’iylashtirishni, xususan, rasmiy Pxenyanga iqtisodiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatishni talab qilishda davom etmoqda.
Izoh (0)