Kongo Demokratik Respublikasi sharqiy qismidagi ko‘chkilar oqibatida 200 dan ortiq odam halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda ko‘chkilar yuz bergan Ituri provinsiyasi gubernatori Pasifik Keta ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Suvda qolib ketgan va biz qutqara olmagan ko‘plab odamlar bor. Qutqaruv ishlarini amalga oshirish qiyin, chunki hammayoqda qutqaruv ishlarini murakkablashtirayotgan tog‘lar bor”, — dedi gubernator.
Oldinroq Syerra-Leonedagi toshqinlar va ko‘chki qurbonlarining 400 ga yaqin jasadi topilgani xabar berilgandi.
Izoh (0)