Hindiston shimolidagi Muzaffarnagar shahri yaqinida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“TASS”ning yozishicha, hodisa oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘lgan, 40 ga yaqin odam turli darajada tan jarohati olgan. The Tribune nashrining qayd etishicha, qurbonlar soni o‘sishi mumkin.
Baxtsiz hodisa “Puri—Haridvar—Kalinga” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan, 14 vagondan iborat tezkor poyezd bilan sodir bo‘lgan. Hodisa sabablari hozircha noma’lum.
Voqea joyiga qutqaruvchilar va tez yordam guruhlari yetib kelgan. Hindiston temiryo‘l vaziri Suresh Prabhuning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlarning oilalari tovon pullari to‘lab beriladi.
Izoh (0)