Politsiya Finlyandiyaning Turku shahrida pichoq bilan qurollangan erkak odamlarga hujum qilganini terakt sifatida baholadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Shuningdek, politsiya gumonlanuvchi haqidagi ma’lumotni ham oshkor etdi. Hujumni 18 yoshli Marokash fuqarosi amalga oshirdi. Hozirda u kasalxonada bo‘lib turibdi.
Hujum oqibatida halok bo‘lgan ikki kishi Finlyandiya fuqarosi ekanligi bildirildi. Jabrlanganlar orasida Italiyaning bir va Shvetsiyaning ikki fuqarosi bor.
Izoh (0)