• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish jarayoni maksimal darajada avtomatlashtiriladi

    Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish jarayoni maksimal darajada avtomatlashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personalizatsiya markazi direktori Najmiddin To‘raxo‘jayev “Gazeta.uz” nashriga ma’lum qildi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Biometrik pasport tizimi bazasida loyihaning barcha ishtirokchilari — Tashqi ishlar vazirligi, barcha hududiy ichki ishlar bo‘linmalarini qamrab oluvchi ulkan infratuzilma yaratildi. Biometrik pasport tizimi bazasida jismoniy shaxslar bazasi yaratildi, bu bazadan elektron hukumat tizimi foydalanadi. Elektron hukumat tizimida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi majburiy tartibda bu bazada ham identifikatsiyadan o‘tadi. Xuddi shunday tizim ma’lumotlarni to‘plash punkti — migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hududiy bo‘linmalarida ham bo‘ladi”, — dedi u.

    Najmiddin To‘raxo‘jayevning aytishicha, amaldagi tizimda xorijga chiqish uchun ruxsat beruvchi stikerlar Toshkentda tuman bo‘linmalarida, viloyatlarda esa — faqat viloyat markazlarida beriladi. Xorijga chiqish pasportini olish uchun esa doimiy ro‘yxatda turgan joy bo‘yicha murojaat qilish mumkin, barcha masalalar o‘sha yerda hal qilinadi.

    “Ma’lumki, avvallari hujjatbozlik ishlari ko‘p edi. Endi ‘bir darcha’ tizimi kiritilmoqda — kelasiz va to‘ldirilgan anketani topshirasiz. Hammasi joyida tekshiriladi, hech narsani to‘plash kerak bo‘lmaydi, davlat organi vakilining o‘zi bu bilan shug‘ullanadi”, — deya ta’kidladi u.

    “Arizalarni internet orqali topshirish masalasi ishlab chiqilmoqda. Tizimga elektron navbatlar va elektron to‘lovlar kiritiladi… Loyihani amalga oshirish uchun Davlat personalizatsiya markazi tizimni ishlab chiqish, joriy qilish, hujjatlar namunalarini tayyorlash, bukletlarni buyurtma qilish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik tadbirlarni o‘tkazishi kerak. 2018-yil 1-dekabrgacha hammasi tayyor bo‘lishi kerak”, — dedi Davlat personalizatsiya markazi direktori.

    Xorijga chiqish pasportini olish uchun belgilangan shakldagi anketa kerak bo‘ladi. Pasport uchun ariza berishning elektron usuli ishlab chiqilmoqda, faqat barmoq izlari va fotosuratlar kerak bo‘ladi. Umuman, pasport olish tizimi maksimal darajada soddalashtiriladi.

    Xorijga chiqish pasportining narxi hujjat tannarxidan kelib chiqadi. “Mamlakat moliya-iqtisodiyot bloki hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Eng kam oylik ish haqidan ko‘p bo‘ladimi, kam bo‘ladimi? Menimcha ko‘proq bo‘ladi.

    Biz tajribalarini o‘rgangan mamlakatlarda xorijga chiqish pasportining narxi — 50—70 dollardan ziyod. Xorijga chiqish pasportlarini tayyorlash O‘zbekistonda amalga oshiriladi, barcha texnologiyalar mahalliylashtirilgan. Biz faqat chiplar va operatsion tizimini sotib olamiz, ammo ishlab chiqish mahalliy bo‘ladi.

    Navbatlar bo‘lmaydi. Xorijga chiqish pasporti kerak bo‘ladigan fuqarolarning taxminiy soni hisoblab chiqilgan. Ehtimol, birinchi kunlari qandaydir shov-shuv bo‘lishi mumkin. Ammo bizda bor uskuna va texnologiyalar uddalaydi”, — dedi u.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan xorijga chiqish uchun alohida biometrik pasportlar joriy etiladi. Chet elga chiqish ruxsatnomasi (stiker)ni rasmiylashtirish tartibi ham shu sanadan boshlab bekor qilinadi.

    18.08.2017, 07:59   Izoh (0)   15736
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida yong‘in xavfi tufayli 52 ta bino va inshoot faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

    18.08.2017, 07:48

    O‘qituvchilarni ortiqcha topshiriqlardan ozod etishga chaqirgan Mirziyoyev, “Ahmadboy ishi” bo‘yicha ko‘rsatmalar, tayyorgarlikka kirishgan Babayan va kunning bosh...

    17.08.2017, 20:12

    Buxoroda Ijodkorlar bog‘i tashkil etiladi

    17.08.2017, 19:58

    O‘zbekiston Mudofaa vazirligida Qozog‘iston mudofaa vaziri bilan mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat muhokama qilindi

    17.08.2017, 19:52

    Urganch, Toshkent shaharlari va Farg‘ona viloyatida turizm hududlari tashkil etiladi

    17.08.2017, 19:05

    “Tinchlikni ta’minlash yo‘lida ‘barcha vositalar yaxshi’”. O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlarining so‘zlashuvlarini “boshqalar” eshitib turadimi? (video)

    17.08.2017, 18:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Krishtianu Ronaldu farzandlarining onasi Jorjina Rodrigesga turmush qurish taklifini berdi (foto)

    Sport | 12 avgust, 14:25

    Norvegiya Isroilga kiritgan investitsiyalarini qaytarib oladi

    Dunyo | 12 avgust, 14:10

    UFC jangchisi Maykl Peyj Drikus va Chimayev o‘rtasidagi bahsning favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 12 avgust, 13:57

    O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlar tarqatilishi oldi olinadi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 13:45

    Eronda ayol 11 nafar erini o‘ldirganlikda ayblandi

    Dunyo | 12 avgust, 13:19

    Zelenskiy Rossiya armiyasi nazoratidagi hududlardan voz kechishga tayyor — The Telegraph

    Dunyo | 12 avgust, 12:59

    Himolay tog‘larining 97 ta cho‘qqisiga chiqish bepul bo‘ladi

    Dunyo | 12 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.