Xitoylik fotosuratchi Kristian Petersen-Klauzen yana bir bora Shimoliy Koreyaga kelib, mamlakat o‘zgarayotganligiga guvoh bo‘ldi, deb yozadi Travel Ask. Bu yerda donju (“pul xo‘jayinlari”) deb ataluvchi elita paydo bo‘ldi. Aslida bu partiya bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan qo‘shimcha daromad manbalariga ega o‘rta sinfdir. Aynan ularni fotosuratchi o‘z suratlarida aks ettirdi.
Kristianning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chada odamlar mobil telefon ko‘tarib yuribdi, avvallari esa bunday kishilar juda kam uchrardi. Shuningdek, smartfon va kameralar ommalashgan, bundan tashqari, elektr velosiped va hatto qimmatbaho avtomobil haydab ketayotgan kishilarni ham ko‘rish mumkin. Xizmat ko‘rsatish sohasi ham kengaygan: ko‘chma to‘ylarni o‘tkazish mumkin bo‘ldi, yozgi klublarda esa o‘ta yengil samolyotda uchib ko‘rish yoki ot minishni o‘rganishni taklif qilishmoqda.
“Pul xo‘jayinlari”ni Pxenyanning nufuzli tumani — Pxenxettenda uchratish mumkin. Bu yerda restoranlar va qimmatbaho do‘konlar ishlaydi. Demak, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat shunchalik o‘zgarganki, odamlarda ko‘ngilxushlik uchun bo‘sh vaqt paydo bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Izoh (0)