Agar AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasidan foydalanishni to‘xtatsa, Twitter Inc. kompaniyasi bozor qiymatining 2 milliard dollarini yo‘qotadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Agentlik Monness Crespi Hardt & Co. kompaniyasi tahlilchisi Jeyms Kakmakning fikriga tayanmoqda.
“AQSh prezidentidan yaxshiroq bepul reklama yo‘q”, — ma’lum qildi Kakmak.
Uning qayd qilishicha, agar Tramp tvitlar chop etishni to‘xtatsa, buning natijasida foydalanuvchilar soni kamaymadi, ammo kompaniya nomoddiy aktivlari qiymati qisqaradi.
Izoh (0)