Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Angren quvur zavodi direktori bo‘lib ishlaydigan Eryigit Sulaymonovga O‘zbekiston fuqaroligi berildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” reportajida aytiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli Eryigit Tojikistonda tug‘ilgan, ammo o‘rta ta’lim va keyinchalik oliy ta’limni ham O‘zbekistonda olgan. Uning o‘zi ko‘zida yosh bilan aytishicha, O‘zbekiston pasportini olishni u 25 yil kutgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning OKMKga tashrifi chog‘ida Eryigit o‘zini tanishtirib, O‘zbekiston fuqaroligini olish uchun barcha hujjatlarni topshirib qo‘yganini ma’lum qilgan, davlat rahbari o‘sha paytdayoq uning O‘zbekiston fuqaroligini olishiga kafolat bergandi.
Izoh (0)