Kataloniya politsiyasining Kambrilsdagi maxsus operatsiyasi chog‘ida yaralangan terrorchi vafot etdi, deya xabar bermoqda “TASS” politsiya Twitter’iga tayanib.
“Kambrilsda jarohatlangan terrorchi vafot etdi”, — deyiladi xabarda.
Nashr eslatishicha, Kataloniya politsiyasi Kambrilsda to‘rt terrorchini yo‘q qilgan, yana bir kishi yaralangan edi. Jangarilar avvalroq Barselonada yuz bergan teraktga o‘xshash qo‘poruvchilikni amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Natijada yetti kishi, shu jumladan, bir politsiyachi jabrlandi, ulardan biri og‘ir ahvolda.
3:55h Confirmem que el 5è terrorista abatut a #Cambrils i que estava ferit, ha mort
— Mossos (@mossos) August 18, 2017
Izoh (0)