Avstraliyada parlamentga o‘ng partiyadan saylangan deputat Polin Henson 17-avgust kuni yig‘ilishga burqa — tana va yuzni yopuvchi musulmonlar kiyimida kelgan. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Hensonning ma’lum qilishicha, u burqani bunday kiyimda parlamentdan joy olib bo‘lmasligini ko‘rsatish uchun kiygan. Yig‘ilishda ishtirok etgan bosh prokuror Jorj Brandis Hensonning xatti-harakatini “diniy kiyimlar” ustidan kulish” deb atadi.
Brandisning ta’kidlashicha, hukumat burqa va yuzni yopuvchi boshqa musulmon kiyimlariga taqiq qo‘ymaydi. Deputatlar bosh prokurorni olqishladi.
Izoh (0)