Rossiyaning Kislovodsk shahridagi “O‘zbekiston” sanatoriyasi binolarni rekonstruksiya qilish uchun 27 yildan buyon ilk bor mablag‘ ajratildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda.
“Kislovodsk” axborot portaliga ko‘ra, sanatoriyada zamonaviy balneologik bo‘lim yaratiladi va barcha tibbiy asbob-uskunalar yangilanadi.
Kurort-shahar rahbari Aleksandr Kurbatov va sanatoriya direktori Saidaziz A’zamxo‘jayev sanatoriyada olib borilayotgan keng miqyosdagi ishlar bilan tanishib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Kurbatovning bahor oyida O‘zbekistonga tashrifi doirasida kurort-shahar va O‘zbekiston o‘rtasida aloqalar, xususan, savdo-iqtisodiy va turistik aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bayonnoma imzolangan edi.
Izoh (0)