Zimbabve prezidenti Robert Mugabening rafiqasi Greys Yoxannesburg sudi tomonidan unga qarshi model qizni kaltaklash bo‘yicha ish ochilganidan so‘ng diplomatik immunitet talab qila boshladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Gumondorning advokatlari va Zimbabve hukumati vakillari gumondor diplomatik immunitetni faollashtirishga qaror qilganini bildirdi”, — deyiladi JAR politsiyasi bayonotida.
Muqaddam Greys Mugabe JARda sud oldiga chiqishi ma’lum qilingan edi. Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, Zimbabvening birinchi xonimi Yoxannesburg shahridagi mehmonxonalardan biri 20 yoshli modelga hujum qilgan. 52 yoshli Greys Mugabe uning yuziga zarba bergan.
Greys Mugabe JARga qanday pasport (diplomatik yoki fuqarolik) yordamida sayohat qilgani aniqlashtirilmayapti.
JARga u davolanish uchun borgan edi.
Izoh (0)