Kiyev sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichga davlat tomonidan taqdim etilgan advokat Vitaliy Meshechek ishdan voz kechish haqidagi talabini qondirdi. Bu haqda Kiyev prokuraturasi matbuot kotibi Nadejda Maksimets Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Uning so‘zlariga qaraganda, sud qaroridan so‘ng advokat narsalarini to‘plab, zalni tark etgan.
Bundan tashqari, sud jarayoni uzluksizligini ta’minlash uchun sudya Yanukovichga yangi advokat tayinlashga ko‘rsatma berdi.
Sudning keyingi yig‘ilishi 6-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)