• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qizarishga majbur qilgan: prezidentlarning farzandlari va rafiqalari qanday sabablar bilan sudlangan?

    15-avgust kuni Zimbabvening birinchi xonimi Greys Mugabe 20 yoshli modelga tashlangani sababli JAR sudida javob berishi ma’lum bo‘ldi. Hujum sabablari hozircha noma’lum.

    Davlat rahbarlarining farzandlari va rafiqalari nima sabablar tufayli sudda javob berishga majbur bo‘lganligi “RBK” tahlilnomasida.

    Surinami prezidentining o‘g‘li, “Hizbulloh” harakati bazasini tashkil etish rejasi va narkotiklar savdosi

    Foto: AP

    Foto: AP

    2015-yilning martida Surinami prezidentining o‘g‘li Dino Buterse Nyu-York sudi tomonidan 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bunga uning AQShda terrorchilik tashkiloti deb topilgan “Hizbulloh” harakati bazasini tashkil etish rejasi sabab bo‘ldi. U harakat a’zolariga 2 million dollar evaziga bazani tashkil etishni taklif qilgan. Sud jarayonida davlat rahbarining o‘g‘li aybini tan oldi. “Qilgan ishlarimdan haqiqatda juda afsusdaman, juda, juda, juda uyatdaman”, — dedi u. Buterse, shuningdek, narkotiklar va qurol-yarog‘ savdosidagi aybini ham tan oldi.

    Eron sobiq prezidentining qizi, hukumatga qarshi targ‘ibot

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    2012-yilning yanvarida Eron sobiq prezidenti Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniyning qizi hukumatga qarshi targ‘ibot uchun yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Jinoiy jazoga tortilishiga Fayeze Hoshimiyning 2009-yildagi xalq g‘alayonlaridagi ishtiroki sabab bo‘ldi. 2017-yilning martida sobiq davlat rahbarining qizi yana yarim yilga hukm qilindi — bu safar sud tizimi va qo‘riqlov xizmatini tanqid qilgani uchun.

    Eron sobiq prezidentining o‘g‘li, chet el maxsus xizmatlari bilan aloqalari va tartibsizliklar tashkilotiga aloqadorlik

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Fayezening akasi, Eron sobiq prezidentining o‘g‘li Mehdi Hoshimiy Rafsanjoniy 2015-yilning martida korrupsiya va milliy xavfsizlikka qarshi jinoyatlarda ayblanib 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. 2010-yilda Eron sudi ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish va Britaniya maxsus xizmatlari bilan aloqalari tufayli Britaniyada bo‘lgan Mehdini sirtdan hibsga oldi. 2012-yilda u vataniga qaytdi va deyarli shu zahoti hibsga olindi.

    Indoneziya sobiq prezidentining o‘g‘li, qotillik

    Foto: AP

    Foto: AP

    2002-yilda Indoneziya sobiq prezidentining o‘g‘li Tommi Suxarto 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bunga uni korrupsiyada ayblab 1,5 yilga hukm qilgan sudyani o‘ldirishni uyushtirganligi sabab bo‘ldi. Voqealar yakunida Suxarto besh yildan kamroq qamoqda bo‘ldi — 2006-yilda u shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilindi va siyosatga qaytdi. Bir necha oy avval Suxarto 2019-yilgi prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymoqchi ekanligini ma’lum qildi.

    Liberiya sobiq prezidentining sobiq rafiqasi, qiynoqqa solish

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2017-yilning 1-iyunida Buyuk Britaniyada qiynoqqa solishni tashkillashtirgan va amalga oshirgan Liberiya sobiq prezidenti Charlz Teylorning sobiq rafiqasi hibsga olindi. Tergov xulosasiga ko‘ra, Sharqiy Londonda istiqomat qilgan Agnes Rivz Teylor 1989—1991-yillarda davom etgan fuqarolik urushidagi qiynoqqa solishlarga aloqador bo‘lgan. U Charlz Teylor bilan u prezident bo‘lgunga qadar ajrashgan edi.

    Gonduras sobiq prezidentining o‘g‘li, narkotiklar savdosi

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    2016-yilning mayida Gonduras sobiq prezidentining o‘g‘li Porfirio Lobo AQShga kokain partiyasini olib kirish maqsadini ko‘zlagan shartnomadagi aybini tan oldi. U 2015-yilda Gaitida qo‘lga olingan va AQShga keltirilgan edi. Mazkur ish bo‘yicha qaror 5-sentabrda chiqarilishi kutilmoqda.

    Paragvay prezidentining o‘g‘li, mushtlashuv

    Foto: Miamidade

    Foto: Miamidade

    2013-yilning oktabrida Paragvay prezidenti Orasio Kartesning katta o‘g‘li Xuan Pablo Kartes Mayamidagi xolasiga tegishli dala hovlida qo‘lga olindi. Ziyofat kechasida mehmonlardan biri Kartes uning ko‘ziga urgandan so‘ng politsiya chaqirgan. OAVlarining ma’lum qilishicha, u mast holatda bo‘lgan. Keyinroq Kartes 1,5 ming dollarga yaqin garov puli evaziga ozod qilingan. “Bu mening aybim bilan bo‘lmagan bo‘lsa-da kechirim so‘ramoqchi edim. Bu hayotimdagi eng yomon kunlardan biri, tafsilotlariga to‘xtalishni istamasdim”, — deydi prezidentning o‘g‘li.

    Misr sobiq-prezidentining o‘g‘li, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    2016-yilning dekabrida Muhammad Mursiyning o‘g‘li Usama 2013-yilning avgustidagi ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganlikda ayblanib hibsga olindi. Tartibsizliklarni tarqatib yuborish chog‘ida yuzlab namoyishchilar halok bo‘lgan edi. U Misrda taqiqlangan “Musulmon birodarlar” harakati tomonidan tashkil etilgan tartibsizliklarda ishtirok etish, shuningdek, politsiya, armiya va davlat muassasalari vakillariga nisbatan zo‘ravonlikka undashda ayblandi. Shu yilning avgustida Usama Mursiy qamoqda uning huquqlari buzilayotgani: unga o‘qishni yakunlash imkoni berilmayotgani, ibodat qilish va qarindoshlari bilan uchrashish taqiqlanganidan shikoyat qildi.

    17.08.2017, 10:51   Izoh (0)   116122
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saudiya Arabistonining yana bir shahzodasi olamdan o‘tdi

    17.08.2017, 10:36

    Rossiyaning Kaspiy flotiliyasi trevoga bo‘yicha ko‘tarildi

    17.08.2017, 09:32

    Rossiyada ayiq uni quyultirilgan sut bilan siylamoqchi bo‘lgan mast erkakning qo‘lini tishlab uzib oldi (video)

    17.08.2017, 08:12

    Amerikaliklarning 47 foizi KXDRga aviazarba berilishini qo‘llab-quvvatlaydi

    16.08.2017, 21:07

    Avstraliyalik ekspertlar Hind okeanida g‘oyib bo‘lgan Boeing’ni qidirish bo‘yicha yangi istiqbolli hududni aniqladi

    16.08.2017, 20:40

    AQSh Janubiy Koreyada raketaga qarshi Patriot kompleksini joylashtirmoqda

    16.08.2017, 19:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35

    “Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 12 iyul, 11:25

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.