Qirg‘iziston muxolifatining parlamentdagi “Ota-makon” fraksiyasi yetakchisi Omurbek Tekebayev 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Tekebayevning aybi isbotini topdi, u 8 yil qamoq jazosiga hukm qilindi”, — deya ma’lum qildi 16-avgust, chorshanba kuni Bishkekning Pervomaysk tuman sudi yig‘ilishida sudya Oybek Ernis o‘g‘li.
Muxolifat vakili korrupsiyada ayblandi. Qoralovchilar suddan unga 10 yil qamoq jazosi berish, mol-mulkini musodara etish va 3 yil davomida davlat lavozimlarini egallashdan mahrum etishni so‘ragandi.
Izoh (0)