Barselonadagi teraktda ishtirok etgan ikkinchi jinoyatchi Kataloniya politsiyasi tomonidan otib tashlandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Aytilishicha, otishma Barselona chetidagi San-Just-Desvern shaharchasida ro‘y berdi. Politsiya kordonini yorib o‘tishga uringan erkak otib o‘ldirildi.
Birinchi gumondorning surati Ispaniya matbuotida e’lon qilingan edi. Birozdan so‘ng u qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Barselonadagi terakt oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)