AQShning Google korporatsiyasi Belarusning sun’iy ong ishlanmalari bilan shug‘ullanadigan AIMATTER kompaniyasini sotib oldi. Bu haqda 17-avgust kuni Techcrunch resursi xabar berdi.
Loyiha investorlari — Yuriy Melnichek va Yuriy Gurskiy, shuningdek, direktori Andrey Kulik kelishuvning ba’zi tafsilotlarini “TUT.by” nashriga bergan intervyusida oshkor qildi.
Ularning so‘zlariga qaraganda, AIMATTER — butunlay Belarus kompaniyasi bo‘lib, bir yilcha muqaddam ochilgan. 2016-yil kuzida u odam suratini fondan ajratib olish va o‘zgartirish texnologiyasini ishga tushirgan edi. Dunyoda birinchi marta bu imkoniyat mobil uskunalar va oqimli videolarda paydo bo‘ldi.
Izoh (0)