Syerra-Leone poytaxti Fritaunda ayni paytda toshqinlar va ko‘chki qurbonlarining 400 ga yaqin jasadi topildi. Bu haqda shahar bosh sud tibbiy eksperti Sene Dumbuya ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Ekspert qidiruvlar davomida tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlarning 500 nafari jasadi topilishini taxmin qildi.
Mamlakatda toshqinlar va ko‘chki tufayli 1000 dan ortiq uydagi aholi qamalda qoldi. Bedarak yo‘qolganlar soni 600 kishini tashkil etdi. Shahar o‘likxonasiga 350 dan ortiq jasad yetkazildi, ulardan 100 ga yaqini bolalarga tegishli.
Izoh (0)