1—3-sentabr kunlari Ostonada afsonaviy kutyurye Pyer Kardin liboslari kolleksiyasi tarixiy ko‘rgazmasi hamda “Dorian Grey — Shafqatsiz go‘zallik” operasi premyerasi bo‘lib o‘tadi, deb yozadi Kazakhstan Today.
EKSPO-2017 xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasi doirasida uch kun davomida Pyer Kardenning shaxsan o‘zi so‘nggi to‘plamini taqdim etadi. Kechki dasturda esa Pyer Kardin va Rodrigo Basilikati tomonidan zamonaviy monoopera qo‘yiladi.
120 ta libosdan iborat to‘plamini Pyer Kardin Qozog‘iston va World Astana Beauty festivali ishtirokchilari uchun maxsus yaratgan. Festival modellari va g‘oliblari ularni sahnaga kiyib chiqadi va shu tariqa Pyer Karden liboslar namoyishida qatnashadi.
World Astana Beauty festivali MDH mamlakatlaridan go‘zallik tanlovlari g‘oliblari, modellar va dizaynerlarni bir joyga to‘playdi.
Izoh (0)