15-avgust, seshanba kuni Nigeriyaning Mayduguri shahrida yuz bergan portlash qurbonlari soni 30 kishiga yetdi, deb yozadi “TASS”.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, portlashda jabrlangan ikki kishi kasalxonaga yotiqizilgach, ko‘p o‘tmay vafot etgan.
Avvalroq 28 kishi halok bo‘lgani, 83 kishi yaralangani ma’lum qilingan edi.
Bozordagi portlashni xudkush terrorchi ayol amalga oshirgan.
Izoh (0)