Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos Inqilobiy qurolli kuchlar to‘liq qurolsizlangani va isyonchilar hamda rasmiylar o‘rtasidagi mojaro yakuniga yetganini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
15-avgust, seshanba kuni mamlakatda oldinroq boshlab yuborilgan Inqilobiy qurolli kuchlar jangchilarining qurol-yarog‘ topshirish jarayonidagi so‘nggi tadbiri bo‘lib o‘tdi.
“Bugun mojaroning oxirgi nafasini his etdik. Qurol topshirilishi bilan ixtiloflar chindan ham oxiriga yetdi, xalqimiz hayotida yangi bosqich boshlandi”, — ta’kidladi prezident.
Ma’lumot uchun, Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari 1964-yilda mahalliy kommunistlar partiyasining harbiy qanoti sifatida tashkil etilgan, uning saflarida 20 minggacha jangchi bor edi.
Izoh (0)