Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida kapital ta’mirlash ishlari o‘tkazilganidan so‘ng 1-raqamli uchish-qo‘nish yo‘lagi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zbekiston havo yo‘llari”

Foto: “O‘zbekiston havo yo‘llari”

Ta’mirlash ishlari davomida 50 ming kvadrat metr keluvchi asfalt qoplamasi almashtirildi. Shuningdek, nur signal beruvchi qurilmani o‘zgartirish bo‘yicha ishlar bajarildi, sun’iy uchish-qo‘nish yo‘lagining yangi o‘q chizig‘i, qo‘nish hududlari va uchish-qo‘nish yo‘lagiga kirish chiroqlari o‘rnatildi.

Qayd etilishicha, yangi 1-raqamli sun’iy uchish-qo‘nish yo‘lagi parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha xalqaro talablarga javob beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2035-yilga borib aholi 45 milliondan oshishi kutilyapti — PMTI
Dunyo
Afg‘onistonda yuqori martabali amaldorlar “Tolibon” yetakchisini taxtdan ag‘darmoqchi 
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda