O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 16-avgust kuni Bishkek shahrida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi, deb xabar berdi UzDaily.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi turli sohalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek-qirg‘iz munosabatlarining mustahkamlanishiga qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida ta’kidlab o‘tdi. Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston hukumati rahbarining tashrifi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari an’analariga asoslangan munosabatlarning yanada rivojlanishida turtki bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi.
Bosh vazir Abddulla Aripov O‘zbekiston rahbariyati Qirg‘iziston bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash siyosatini davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Izoh (0)