2018-yil 1-iyulga qadar O‘zbekistonning mobil operatorlari so‘mlik tarif rejalariga o‘tadi. Bu haqda 16-avgust kuni Xalqaro press-klubda o‘tgan yig‘ilishda axborot texnologiyalari vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov bayonot berdi, deb xabar qiladi Uz24.
Uning aytishicha, operatorlar ko‘rsatilgan muddatga qadar billing tizimini ham qayta ko‘rib chiqishi lozim.
“Biz so‘mlik tariflarga o‘tish vazifasini qo‘yganimizda mobil operatorlar, o‘z navbatida, billing tizimlarini qayta ko‘rib chiqish muammosini aytdi. Ularga 2018-yil 1-iyuliga qadar muxlat berildi”, — dedi Shermatov.
Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov hozir Beeline so‘m tarifikatsiyasiga to‘liq o‘tishga tayyorlanayotganini aytib o‘tdi.
“Dollarlik tarif faqat kalkulyatsiya uchun ishlatiladi. Aslida, O‘zbekiston hududidagi barcha xizmatlarda bo‘lganiday, bitta valyuta — o‘zbek so‘mi ishlatiladi” — dedi Shukov.
Izoh (0)