Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kiyevdagi Romodanov nomli neyrojarrohlik instituti shifokorlari bosh miya o‘simtasini olib tashlash bo‘yicha murakkab operatsiyani o‘tkazdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Bir operatsiyada biryo‘la uch texnologiya — endoskopiya, kompyuter navigatsiyasi va lazer aralashuvidan foydalanildi. Shu paytga qadar bunga hech kim qo‘l urmagandi.

Bemor bosh og‘rig‘i va qo‘l-oyoq harakatlaridagi qiyinchiliklardan nolirdi. O‘simta asab tolalariga bosim o‘tkazgani sababli u istalgan payt falaj bo‘lib qolishi mumkin edi. Operatsiyaning asosiy murakkabligi ham shundan iborat bo‘ldi.

Biroq natija kutilganidan a’lo bo‘ldi. Operatsiya davomida deyarli qon yo‘qotilmaganligi sababli bemor jarrohlik amaliyotidan so‘ng odatdagidek jonlantirish bo‘limiga emas, umumiy palataga o‘tkazildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan