Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindiston mustaqilligi kuni munosabati bilan ushbu mamlakat prezidenti nomiga tabrik xati yo‘lladi. Ammo telegrammada eski prezident nomi ko‘rsatilgan edi, deb xabar beradi TJournal.
Telegramma mazmuni Kremlning rasmiy saytida keltirildi. Unda maktub adresati sifatida bir oy muqaddam prezidentlik mansabini tark etgan Pranab Mukerji ko‘rsatilgan.
Xatoga dastlab “RBK” e’tibor qaratdi. Birozdan so‘ng Kremldagi xabarnoma tuzatildi, ammo unga amaldagi prezident Ram Natx Kovindning ismi kiritilmadi. “Hindiston prezidenti va bosh vaziri” jumlasi “Hindiston rahbariyati” deb o‘zgartirildi.
Izoh (0)