Portugaliyaning Madeyra orolida daraxt qulashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea Funshal shahrida diniy bayram chog‘ida ro‘y berdi.
Halok bo‘lganlar orasida bolalar bor. Bundan tashqari, 30 dan ortiq kishi yaralandi. Bir necha kishining ahvoli og‘ir.
Mahalliy OAVlar qulagan daraxt yoshi 200 dan oshgan eman ekanligini ma’lum qilmoqda. Faollar qari daraxtning xavf tug‘dirayotgani haqida bir necha yil oldin ogohlantirgan edi.
Izoh (0)