Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pokistonning Belujiston viloyatida amalga oshirilgan ikki terakt oqibatida chegara korpusining yetti harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Pokistonning ikki viloyati — Belujiston va Xaybar-Paxtunxvada chegara nazoratini hamda xavfsizlikni ta’minlovchi harbiylashgan guruh xizmatchilariga hujum 14-avgust kuni — Pokiston Britaniya imperiyasidan ajralib chiqishining 70 yilligini nishonlayotgan paytda ro‘y berdi.

Noma’lum shaxslar Kvettadan 150 kilometr naridagi Xost aholi yashash punktida harbiy xizmatchilar ketayotgan avtomobilni portlatib yubordi.

“Chegara korpusining olti xizmatchisi voqea joyida halok bo‘ldi”, — ma’lum qildi Belujiston ma’muriyati vakili Anvar ul-Haq Qaqar.

Yana ikki harbiy xizmatchi jarohat oldi.

Ikkinchi hujum Panjgur tumanida ro‘y berdi. Noma’lum shaxs chegara korpusi patruliga qarata o‘t ochdi. Bir harbiy halok bo‘ldi, yana biri yaralandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi