O‘zbekiston Prezidentining 14-avgustdagi farmoniga muvofiq, Muzraf Ikromov O‘zbekiston Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Shu munosabat bilan Muzraf Ikromov O‘zbekiston adliya vaziri lavozimidan ozod etilgan (avvalroq adliya vaziri lavozimiga Ruslanbek Davletov tayinlangani haqida xabar berilgan edi).
Prezidentning 14-avgustdagi boshqa farmoni bilan Jamshid Xo‘jayev O‘zbekiston Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari — Davlat budjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Izoh (0)