• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kim Chen In tarixi: Qanday qilib basketbolning yuvosh muxlisi diktatorga aylandi?

    Oxirgi 50 yil davomida dunyo Shimoliy Koreyaning aqldan tashqari va behuda tahdidlariga ko‘nikib qoldi, biroq Kim Chen In davriga kelib bu tahdidlar realroq jaranglay boshladi. Shimoliy Koreya yangi yetakchisi boshchiligida allaqachon bir nechta yadro sinovi o‘tkazdi. Bugun Kim Chen Inga butun dunyo diqqat-e’tibori qaratilgan bo‘lsa-da, u haqdagi ma’lumotlar ko‘p emas. Eng ko‘p tahdid qiluvchi olamshumul diktator haqida nimalarni bilamiz, deb yozadi InsiderPro nashri.

    Kim Chen In 1982, 1983 yoki 1984-yilning 8-yanvarida dunyoga kelgan.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Uning ota-onasi Shimoliy Koreyaning bo‘lajak diktatori Kim Chen Ir va Ko Yon Xi edi. Katta akasi Kim Chen Chxol bo‘lsa, bir muddatdan keyin kichik singlisi Kim Yo Chjon tug‘ildi.

    Shimoliy Koreya yetakchisining rasmiy tug‘ilgan yili — 1982-yil, biroq bu sana o‘zgartirilgan deb hisoblanadi. Bunga turli sabablar keltiriladi — o‘sha yili Kim Ir Senning 70, Kim Chen Irning esa 40 yoshga to‘lganligi ham ana shunday sabablardan biri.

    Shunga qaramasdan, yaqinda AQSh G‘aznachilik departamenti Kim Chen Inga nisbatan e’lon qilgan sanksiyalarda u tug‘ilgan sana 1984-yilning 8-yanvari deb ko‘rsatilgan.

    Kim Chen Inning bolaligi uyda o‘tgan — suratda u onasi bilan.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    O‘sha paytlarda Shimoliy Koreyani Kim Ir Sen boshqargan, Kim Chen Ir uning merosxo‘ri bo‘lganligiga qaramasdan, hokimiyatning Kim Chen Inga o‘tish ehtimoli yuqori emas edi.

    Keyinroq u maktab-internatda o‘qish uchun Shveysariyaga yo‘l oldi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    U Shveysariyada Shimoliy Koreya elchixonasi xodimining o‘g‘li, In Pak sifatida tanishtirilgan.

    Sobiq sinfdoshlari Kim Chen Inni uydan chiqmaydigan yuvosh, biroq hazil-mutoyibani tushunadigan yigit sifatida tasvirlaydi.

    Uning bir sinfdoshi shunday hikoya qiladi: “U hazilni tushunardi, hamma bilan, hatto Shimoliy Koreyaga dushman mamlakatlardan kelganlar bilan ham kelishardi. Maktabda siyosiy muhokamalar taqiqlangan edi — faqat futbol haqida bahslashish mumkin edi”.

    Kim Chen In basketbolni yoqtirar va Maykl Jordanni haddan ortiq yaxshi ko‘rar edi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    U maktabda o‘qib yurganda xonasi devorlariga Jordanning plakatlari yopishtirilgan ekan. Kim Chen In to‘ladan kelgan va baland bo‘yli bo‘lmasa ham (170 santimetrdan pastroq) basketbolni yaxshi o‘ynagan.

    “U juda berilib ketadigan o‘yinchi edi, ba’zan portlab ketar edi. G‘alaba uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilardi”, — deya hikoya qiladi sobiq sinfdoshi Nikola Kovachevich.

    Shuningdek, uning Nike krossovkalaridan iborat g‘aroyib kolleksiyasi bo‘lganligini hikoya qilishadi.

    Shveysariya internatidan so‘ng u harbiy ta’lim olish uchun uyiga qaytadi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Shimoliy Koreyaga qaytgandan so‘ng Kim Chen In va uning akasi Kim Ir Sen Harbiy universitetida o‘qiy boshlagan — 2007-yilda ular otasining nazorat safarlarida ishtirok eta boshlagan.

    Tajribasining yetishmasligiga qaramasdan, Kim Chen In harbiy va siyosiy xizmat pillapoyalarida tez ilgarilab ketdi. Otasi vafot etganda u to‘rt yulduzli general, Ishchi partiya Markaziy harbiy komissiyasi rais o‘rinbosari va Markaziy qo‘mita a’zosi edi.

    Shimoliy koreyaliklarning ko‘pchiligi Kim Chen Inda Kim Ir Senning timsolini ko‘radi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Kim Chen In tashqi ko‘rinishi, o‘zini tutishi va soch turmagi bilan ham bobosiga juda o‘xshaydi. Hatto u o‘xshashlikni kuchaytirish uchun plastik operatsiya qildirgani haqidagi mish-mishlar ham mavjud. Biroq Shimoliy Koreya bu mish-mishlarni rad etadi va ularni sariq matbuotning jirkanch uydirmalari deb ataydi.

    Otasining o‘limidan so‘ng Kim Chen In Shimoliy Koreyaning “Buyuk yo‘lboshchisi” deb e’lon qilindi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    2011-yilning 17-dekabrida Kim Chen Ir yurak xurujidan vafot etganda yosh Kim Chen In dunyo bo‘yicha to‘rtinchi kattalikdagi armiya, yadro quroli va Shimoliy Koreya ustidan mutloq nazoratni qo‘lga kiritdi.

    Shu tariqa, 30 yosh atrofida hokimiyat tepasiga kelgan Kim Chen In sayyora bo‘yicha eng yosh davlat rahbariga aylandi.

    Dastlab ko‘pchilik mamlakatni aslida Kim Chen Inning 66 yoshli amakisi va ammasi boshqarayotganini taxmin qildi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Ular uning ishonchli maslahatchilari edi va Kim Chen Ir ham ularga bir necha marta armiyani nazorat qilish va tajriba to‘plagunga qadar o‘g‘liga yordam berishni buyurganligi ma’lum qilinadi.

    Biroq 2013-yilning dekabr oyi oxirida Kim Chen In davlat to‘ntarishga urinishda ayblab amakisi va uning oilasini qatl ettirdi.

    2013-yilning 12-dekabrida Kim Chen In amakisi Chan Son Txekni qatl ettirdi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Unga nisbatan harbiy to‘ntarish yo‘li bilan hokimiyatni egallashga urinish aybi e’lon qilindi.

    Kim Chen Inning rafiqasi — Shimoliy Koreya yengil atletika jamoasi qo‘llab-quvvatlash guruhining sobiq ishtirokchisi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Shimoliy Koreya yetakchilari odatda shaxsiy hayotini juda sir tutadi, biroq Kim Chen In rafiqasi bilan tez-tez omma oldida paydo bo‘ladi va u bilan suratga tushadi.

    Iyul oyida Shimoliy Koreya OAVlari Kim Chen In sobiq qo‘shiqchi va chirlider Li Sol Chjuga uylanganligi haqida ma’lum qildi, biroq ularning to‘y sanasi ma’lum emas.

    Janubiy Koreya razvedkasi juftlik ehtimol 2009-yilda turmush qurgan va bu paytga kelib bir nafar farzandi bo‘lgan deb hisoblaydi. Shuningdek, 2012-yilda Li Sol Chju yana bir farzand, qizli bo‘lganligi haqida mish-mishlar yuradi.

    2015-yilda ularning yana bir farzandi dunyoga kelganligi haqida ma’lumotlar bor.

    Shimoliy Koreyaga Amerikaning “Chikago Bullz” basketbol jamoasining sobiq yulduzi Dennis Rodmanning kelishi Kim uchun bolalik orzusining ro‘yobga chiqishi edi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Oxirgi vaqtlarda Kim Chen In hayotida hammasi ravon emas.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    2013-yilda uning joniga qasd qilishgan. Janubiy Koreya razvedkasi yosh yetakchiga o‘zining odamlari hujum qilgan deb hisoblaydi — u qaysidir to‘rt yulduzli generalni mansabidan tushurgan, bu esa hokimiyat uchun kurashni keskinlashtirgan.

    Ehtimol barchasi nazoratda ekanligini namoyish qilish uchun Kim o‘ta jangovar qiyofaga kirdi, Janubiy Koreya bilan barcha aloqalarni uzdi va qo‘shni mamlakat hamda AQShga yadro urushi bilan tahdid qila boshladi.

    Kim Chen In butun boshqaruvi davomida mamlakatni G‘arb va Janubiy Koreya bilan urush holatida tutib turdi — ehtimol o‘z nufuzini mustahkamlash uchun shunday yo‘l tutdi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Sanksiyaviy tahdidlarga qaramasdan, Shimoliy Koreya ballistik raketalar va yadro bobmalarini sinovdan o‘tkazishni davom ettirdi, 2012-yilda esa birinchi kosmik sun’iy yo‘ldoshni uchirdi.

    Yadroviy sinovlar va xalqaro bosim 2016-yilgacha davom etdi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    2016-yilning 5-yanvarida Shimoliy Koreya to‘rtinchi yadro sinovini o‘tkazdi — Pxenyan bu juda kichik vodorod bombasi bo‘lganligini ta’kidlaydi.

    Bunga javoban ko‘plab dunyoviy yetakchilar, jumladan, asosiy ittifoqchi Xitoy ham Shimoliy Koreyaga qarshi chiqdi.

    Kim Chen In yadro qurolini mukammallashtirishga qat’iy qaror qilgan ko‘rinadi, ekspertlarning baholashicha, Shimoliy Koreya 2020-yilga kelib AQShga yetishga qodir jangovar kallaklarni ishlab chiqadi.

    Malayziya aeroportida Kim Chen Namning o‘ldirilishi Shimoliy Koreyaning ushbu jinoyatdagi rolini xalqaro miqyosda surishtirishga olib keldi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    2017-yilning 13-fevralida Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chen Nam Kuala-Lumpur aeroportida zaharlab o‘ldirildi.

    Tramp ma’muriyatining kelishi bilan Shimoliy Koreya bilan mojaro yangi avjiga chiqdi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    AQSh prezidenti Donald Tramp vazifasini bajarishga kirishishi bilan Shimoliy Koreyani mamlakat uchun eng katta tahdid deb atadi.

    Obama davrida Amerika hukumati qarama-qarshilikni “strategik toqat qilish” dasturi doirasida hal etishga urinsa, Tramp ma’muriyati Shimoliy Koreyaning zudlik bilan qurolsizlanishini talab qilib, ogohlantiruvchi harbiy zarba ehtimoli bilan shama qila boshladi.

    15.08.2017, 16:28   Izoh (0)   62490
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Iroq Mosul g‘arbida IShID nazoratidagi shaharni bombardimon qilishni boshladi

    15.08.2017, 16:02

    Nepaldagi toshqin va ko‘chkilar 90 dan ortiq kishining umriga zomin bo‘ldi

    15.08.2017, 14:20

    BMT Xitoyda qurg‘oqchilikdan jabr chekkanlarga 5,9 million dollar ajratadi

    15.08.2017, 13:59

    Rossiya hukumati MDH davlatlari soliq idoralari o‘rtasida elektron ma’lumot almashish bo‘yicha protokolni ma’qulladi

    15.08.2017, 13:49

    Liviya BMT oldidagi qarzdorligidan qutuldi

    15.08.2017, 13:15

    Janubiy Koreya prezidenti harbiy harakatlar Seul roziligisiz boshlanmasligiga ishonchi komil

    15.08.2017, 11:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.