Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining yaqinda qabul qilingan rezolyutsiyasi ijrosi doirasida Shimoliy Koreyadan keladigan tovarlarni kiritishga taqiq joriy etdi. Bu haqda, Xitoy tijorat vazirligi bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“15-avgustdan e’tiboran KXDRdan ko‘mir, temir, temir rudasi, qo‘rg‘oshin, qo‘rg‘oshin rudasi, dengiz mahsulotlari olib kirish taqiqlanadi”, — deyiladi bayonotda.
Aytilishicha, qaror kuchga kirguniga qadar Xitoy nazorat-o‘tkazish punktlariga yetib kelgan tovarlar eski shartlarda olib kirilishiga ruxsat beriladi.
Izoh (0)