Joriy yilning 12-avgust kuni Sergeli tuman IIBda o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda dugonasining uyiga mehmonga kelib, o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan qizni qo‘lga oldi, deb IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Sergeli tumanida 12-avgust kuni soat 12:00 larda, 1996-yilda tug‘ilgan Mirobod tumanida yashovchi K.M. ismli fuqaro Sergelida yashovchi tanishi T.K.ning xonadonida mehmonda bo‘la turib, 1900 AQSh dollarini o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringanligi aniqlanib, qo‘lga olindi.
Daliliy ashyo sifatida qizdan 1900 AQSh dollari olingan.
Sergeli tuman IIB tomonidan fuqaro K.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)