Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya federal xavfsizlik xizmati Moskvada portlashlar tayyorlagan to‘rt nafar terrorchi ushlanganini bildirdi. Ular transportda va savdo nuqtalarida terakt uyushtirishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda Meduza.

Foto: “Interfaks”

Foto: “Interfaks”

Ushlanganlardan biri Rossiya fuqarosi, uch nafari esa O‘rta Osiyo vakillaridir. Ma’lumotlarga qaraganda, terakt tayyorlashda ikki xudkush, portlovchi uskunalar yasovchi mutaxassis va IShID terrorchi guruhi emissari ishtirok etgan.

Moskva sudi uch nafar ayblanuvchining ishini ko‘rib chiqmoqda. Ularning ismlari — Davlatyor Hojiyev, Siyovush Davronzoda va Sulaymon Burxonov.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)