Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda Kreml tomonidan mamlakatga harbiy yordam ko‘rsatilishini so‘raganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Ha, muhokama qildik”, — deb javob berdi u jurnalistning bu haqdagi savoliga.
“Ishonchimiz komilki, Rossiya bizning yaxshi do‘stimiz bo‘lib qoladi va yordam berishdan bosh tortmaydi”, — qo‘shimcha qildi Liviyaning harbiy yetakchisi.
U Rossiya bilan munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga qiziqayotganini yashirmadi hamda Sergey Lavrovga uning Liviya haqida xalqaro maydonlarda bildirgan fikrlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Izoh (0)