Turli qiyofalarga qanday “strelka”lar mos tushishi va ularni qanday qilib to‘g‘ri chizish haqida hikoya qilamiz.
Yaqin joylashgan ko‘zlar
Layner yoki qalam yordamida ingichka chiziq chizgan ma’qul. Bunday chiziqni ichki burchakka kirmasdan, ko‘z o‘rtasidan boshlang.Uzoq joylashgan ko‘zlar
Bunda aksincha yo‘l tuting: ko‘zning ichki burchagini e’tiborsiz qoldirmang va chiziqni ko‘zning butun uzunligi bo‘yicha chizing. Strelkani birinchi variantdagidan sal qalinroq qilish mumkin.Kichkina ko‘zlar
Bunda chiziqni qayerdan — ko‘z ichki burchagidan yoki o‘rtasidan — boshlashning ahamiyati yo‘q, asosiysi, strelkaning uchi ko‘zning tashqi burchagidan chiqib turishi va uchiga qarab qalinlashib borishi kerak.Dumaloq ko‘zlar
Bunday holatda strelkani butun ko‘z usti bo‘ylab chizing va tashqi burchagidan chiqaring. Bunday chiziq ko‘z shaklini toraytirib ko‘rsatadi.Qisiq ko‘zlar
Ko‘zni dumaloqroq qilib ko‘rsatish uchun strelkani butun ko‘z usti bo‘ylab chizing, ammo tashqi burchakdan chiqmang, ko‘z o‘rtasida esa uni qalinlashtiring.Bodomqovoq ko‘zlar
Bunda ko‘zning ichki burchagidan ingichka strelka chizishni boshlang va tashqi burchakka qarata qalinlashtirib boring hamda qovoq burmasidan sal tepaga chiqaring.Manba: Vogue
Izoh (0)