AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo fikricha yaqin kelajakda KXDR bilan yadro urushi bo‘lmaydi. Bunday fikrni u Fox News’ga bergan intervyusida bildirdi, deb yozadi “Vedomosti”. Pompeoning aytishicha, Pxenyanning yadroviy dasturi tahlikali tarzda tez rivojlanmoqda.
“Biz yadro urushi yoqasida turganimiz haqidagi gaplarni eshitdim. Mening qo‘l ostimdagi razvedka ma’lumotlari orasida biz bunday vaziyatgacha yetib borganimizdan darak beruvchi hech qanday ma’lumotlar yo‘q”, — dedi u.
Shu bilan birga, Pompeo Denverga yadro zarbasi berilishi xavfi haqiqatda mavjudligini qo‘shib qo‘ydi. MRB direktori Shimoliy Koreya yana bir raketa sinovini o‘tkazsa, hayron bo‘lmasligini aytdi.
Izoh (0)