BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyalari KXDRdagi oddiy xalqqa og‘ir zarba bo‘ladi, mamlakat rahbariyatining yadroviy dasturi esa to‘xtamaydi. Bu haqda Koreya Mehnat partiyasi markaziy kengashining sobiq oliy martabali xodimi, siyosiy qochqin Li Chjon Xo Yaponiyaning Kyodo nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Shimoliy Koreya jiddiy oziq-ovqat taqchilligiga uchrashi mumkin, ammo bu birinchi navbatda oddiy xalqqa zarba bo‘ladi. Kim Chen In xalqining azoblanishini ko‘rib fikridan qaytishiga kafolat yo‘q”, — dedi u.
Li Chjon Xo 2014-yil oktabrida Janubiy Koreyaga qochib o‘tgan, 2016-yildan buyon esa AQShda istiqomat qiladi. O‘tmishda u Shimoliy Koreya rejimi uchun valyuta mablag‘lari ishlab topish masalalari bilan shug‘ullangan.
Izoh (0)