• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Millionerning o‘nta qoidasi: nimadan boshlash va nimaga chap berish lozim?

    Entrepreneur jurnalining “Yosh millionerlar” loyihasi ishtirokchisi, millioner va biznesmen Deniel Elli millioner bo‘lishni istasangiz, ma’lum bir qoidalarga amal qilishingiz lozim deb hisoblaydi. Millioner bular qaysi qoidalar ekanligi haqida hikoya qiladi, deb yozadi “Ideonomika”.

    Foto: “Ideonomika”

    Foto: “Ideonomika”

    Dunyoning turli burchagidagi odamlar mendan qanday qilib millioner bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar so‘raydi. Ular turlicha tarbiya, diniy e’tiqod va teri rangiga ega bo‘lgan, turli yoshdagi odamlardir. Ular pullarni asosiy maqsadlariga erishishda yordam beruvchi resurs deb hisoblaydi.

    Biroq aksariyat odamlar million dollar ishlab topishni istamaydi. Ular million dollar sarflashni istaydi. Ular pullarning o‘zi ularni baxtliroq qiladi deb o‘ylaydi va millioner bo‘lish uchun intilish yo‘lining o‘zi haqiqiy quvonch va mamnuniyat hissini uyg‘otishini tushunmaydi.

    Mendan tez-tez “Millionga tomon yo‘l olgan odamga biror tavsiya berasizmi?”, deb so‘rashadi. Tavsiyalarim bor! Quyidagi o‘nta qoidaga amal qilsangiz, ular sizni to‘g‘ri yo‘lga olib chiqadi.

    1. Pul uchun ishlamang
    Agar siz faqat pul uchun ishlasangiz, pullar siz uchun ishlamaydi. O‘z ko‘nikmalaringizni rivojlantirish ustida ishlashingiz to‘g‘riroq. Pul topish — ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirishning qo‘shimcha mahsuli xolos. Professionallik darajangiz qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiy pillapoyada shuncha balandroqqa ko‘tarilishingiz mumkin.

    Pul uchun ishlaydiganlar ularning quliga aylanib qoladi. O‘z ko‘nikmalarini rivojlantirish ustida ishlaydiganlar pullarni nazorat qilishni ham o‘rganadi, chunki pul bilan muomala qilish ham bir ko‘nikma hisoblanadi. Mahorat — birinchi galdagi vazifa. “Men o‘n ming zarba ustida ishlagandan emas, bir zarbani o‘n ming marta pishitgandan qo‘rqaman”, — degan edi Bryus Li.

    1. O‘quvchiligingizcha qoling
    Meni tushuncham bo‘yicha o‘qimishli inson o‘zidagi bilimdan qanday foydalanishni biladigan insondir. Juda boy bilim to‘plagan insonlar ko‘p, biroq ular ushbu ko‘nikmalaridan qanday foydalanishni bilmaydi.

    Har kuni o‘rgangan narsalaringizni bloknot yoki kundaligingizga yozib boring. Hafta davomida yozib borgan qaydlarim o‘nlab sahifani to‘ldiradi. Hafta oxirida ularni o‘rganib chiqaman va  “Hafta davomida nimalarni o‘rgandim?” degan savolni beraman. Konferensiyalarda 1200 martaga yaqin chiqish qilganman, ularda atigi uch foizga yaqin odam yozib boradi.

    1. Uch foiz insonlarni hisobga olib ish tuting
    Siz taklif qilayotgan narsalar haqiqatda kerak bo‘lgan odamlar dunyoda uch foizni tashkil etadi, xolos. Aynan shu uch foizni hisobga olib ish tutsangiz, haqiqatda badavlat insonga aylanishingiz mumkin. Nisbat quyidagicha: siz 100 kishiga murojaat qilsangiz, ulardan 70 nafari qiziqish bildirishi mumkin, 30 nafari savollar bilan murojaat qiladi, 10 nafari siz taklif qilgandan ko‘proq narsa kutadi va bor-yo‘g‘i uch foizigina sizni haqiqatda yoqtirib qolishga qodir. Ular sizning haqiqiy muxlislaringiz. Sizning vazifangiz — ularga eng yaxshi xizmat ko‘rsatish.

    Sizni qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha yaxshi ko‘radigan odamlar haqida o‘ylang. Ular siz kutganingizdan ko‘ra ko‘proq. O‘sha uch foiz ortingizdan butun umr ergashishga tayyor. Ular brendingizni ilgari surib, u haqda tanishlariga hikoya qiladi. Vaqt o‘tishi bilan ana shu uch foiz ishonish qiyin bo‘lgan ko‘lamgacha o‘sadi.

    1. Ortga qaytuvchi munosabatni o‘zlashtiring
    Bu munosabatni kim bildirayotgani — o‘sha uch foizmi yoki qolgan 97 foiz — bu muhim emas. Bu saboqlarga quloq tuting. Ular ko‘pincha natijalaringizni kuchaytirish va oshirish imkonini beradi. Ulardan mahsulotingizni sinovdan o‘tkazish va sayqal berish uchun foydalaning. Bu mukammallikka intilish kishilarni millionerga aylantiradi.
    1. O‘zingiz uchun qulay doiraga kiring
    Muvaffaqiyatsizlik — juda noqulay narsa, biroq ko‘pchilik odamlar unga bardosh bilan munosabatda bo‘ladi. Ular aslida yashashni istamagan uyda yashashga ko‘nadi, haydash yoqmagan mashinalarni xarid qiladi, o‘zini qanoatlantirmaydigan maosh uchun ham ishlashga rozi bo‘ladi. Muvaffaqiyat tomon intilish esa oson, yoqimli va juda qulaydir.

    Men qilayotgan ish juda yoqimli. Biroq hammasi odamlarni tekinga ilhomlantirishdan boshlangan. Siz uchun yoqimli doiraga kirishning yagona usuli, sizga yoqqan ishni tekin bajarish. Pul uchun ishlashni bas qiling, ko‘nikmalaringizni rivojlantiring va hech kim buning uchun haq to‘lamasa ham yoqtirgan ishingizni qiling. Yaqin vaqt ichida ular orqali pul topish yo‘li ham chiqadi. Faqat shu yo‘l bilan hayotdan zavqlanish mumkin.

    1. Hamma joyda bo‘ling
    Yangi mingyillikda internet paydo bo‘ldi. Aniqrog‘i, hamma joyda, jumladan, o‘zgalarning cho‘ntagida (smartfonni nazarda tutyapman) hozir bo‘lish imkonini beruvchi ijtimoiy tarmoqlar paydo bo‘ldi. Biroq siz kontentingizni to‘g‘ri boshqarib, ushbu platformalarda muxlislarni jalb qilishni o‘rganishingiz lozim.

    O‘rtacha odam ijtimoiy tarmoqlarda ikki soat vaqt sarflab, bir necha hafta ichida minglab odamlar e’tiborini o‘ziga qaratishi mumkin. Millioner bo‘lishni istasangiz, millionlab kishilar e’tiborini qaratish usulini topishingiz kerak. Bugun ijtimoiy tarmoqlar — ularga xabaringizni yetkazishning eng tezkor usuli.

    1. Muvaffaqiyatni ortga surmang
    “Soliqlarni to‘lab bo‘lguncha kutib turaman. Bolalar maktabni tugatguncha kutaman. Lavozimimni oshirishguncha kutaman”. Kishilarning bu kabi gaplari tez-tez qulog‘imizga chalinadi. Bunday o‘z-o‘zini oqlashlar juda ko‘p — ularning barchasiga kishilarning muvaffaqiyat oldidagi qo‘rquvi sababchi. Ular o‘zingizni chalg‘itish va rejalaringizni barbod qilish imkonini beradi.

    Muvaffaqiyat esa undan chalg‘iydiganlarga dosh bermaydi. Omadni bugunoq mahkam tutib olish kerak. Keyingi hafta, oy va yilni kutish kerak emas. Omad kutib turmaydi. Millioner nima istashini biladi va har qanday vaziyatga qaramasdan, unga erishish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi.

    1. Maqsadlaringizga tuzatish kiriting
    To‘g‘ri maqsadlarga ega insonlargina millioner bo‘ladi. Pul topishni maqsad qilib qo‘yish, yuqorida aytganimdek, muvaffaqiyatingizni ko‘mishni anglatadi. Bunday maqsad kishilarni boshqa imkoniyatlarni ko‘rish imkoniyatidan mahrum qiladi.

    Boshqa odamlar ham sizning niyatlaringizga e’tibor qaratadi. Ular siz nimaga intilayotganingiz va ulardan nima istashingizni bilishni xohlaydi. Bu tabiiy mexanizm ularni noxush hodisalardan asraydi, ularga xavfsiz muhitda bo‘lish imkonini beradi. Kishilar bilan aloqani yo‘lga qo‘yish davomida maqsadlaringizni ular bilan bo‘lishing, munosabatlarni o‘zaro do‘stlik asosida quring.

    “Biror narsani oddiy so‘zlar bilan tushuntirib bera olmasangiz, o‘shani yetarlicha tushunmasligingizni anglatadi”, — degan edi Eynshteyn.

    1. Originallikka intiling
    Raqobat ko‘pchilikni cho‘chitadi. Ular o‘z sohasida mutaxassislar ko‘p ekanligini yaxshi biladi va astoydil harakat qilmaydi. Biroq mutaxassislar juda ko‘p bo‘lgan bunday bozorlarga e’tibor bilan qarasangiz, ulardan aksariyati soha yetakchisidan nusxa oluvchi dublikatlar bo‘lib chiqadi.

    Aynan sizga o‘xshash odamlar mavjud emasligini unutmang. Siz qila olgan narsa boshqalarning qo‘lidan kelmaydi. Shuning uchun o‘zingizni boshqalar bilan taqqoslamang.

    1. Odamlarning hayotini yengillashtiring
    Millioner bo‘lish uchun boshqalarning hayotini imkon boricha yengillashtirishga intilish lozim. Ularga yetkazmoqchi bo‘lgan narsalaringizni murakkablashtirmang, odamlar oson tushunadigan qilib yetkazing. Kishilar biror narsani tushunmasa, ko‘pincha siz bilan ishlamaydi.

    Maqolalarimni yozishda ularni sakkizinchi sinf o‘quvchilari tushunishini istayman. Bir necha oy avval faqat Yahoo’da yangiliklarni o‘qiydigan ayol matnlarimni duch keldi va bir necha kun ichida yuzdan ortiq maslahatimni o‘qib chiqdi. Shundan so‘ng ishdan bo‘shadi. Bugun uning shaxsiy biznesi bor. Odamlar hayotini yengillashtirganingda ana shunday narsalar yuz beradi.

    Bu qoidalarni muntazam qo‘llasangiz, natijaga erishasiz. Biroq buning uchun o‘zingizga ishonishingiz va tavakkal qilishingiz kerak bo‘ladi.

    13.08.2017, 16:28   Izoh (0)   42145
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    So‘nggi “O‘rgimchak odam” rejissyori Reddit’dagi birgina post sabab mashhur sahnani o‘zgartirgani haqida so‘zlab berdi

    Kino | 1 iyul, 09:45

    Namanganda qalbaki valyuta sotuvchilar qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 09:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Inter”ni musobaqadan chiqarib yubordi (video)

    Sport | 1 iyul, 09:29

    “Kalmar o‘yini” muallifi serialning finali va davom etish ehtimoli haqida o‘z fikrini bildirdi

    Kino | 1 iyul, 09:28

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” “Al-Hilol”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi (video)

    Sport | 1 iyul, 09:04

    Isroil G‘azodagi kafega aviazarba berdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 1 iyul, 08:58

    Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni yopish taqiqlandi

    Qozog‘iston | 1 iyul, 08:33

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.