Iroq shimolidagi jangovar to‘qnashuvlar chog‘ida ikki nafar amerikalik harbiy halok bo‘ldi, besh nafari yaralandi. Bu haqda, IShIDga qarshi kurash xalqaro koalitsiyasi bayonotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“IShIDga qarshi kurash koalitsiyasi qahramonlarning oilalari, do‘stlariga va xizmatdoshlariga chuqur ta’ziya bildiradi. Hurmatimni va qayg‘umni ifodalaydigan so‘zlarni topish mushkul”, — ma’lum qildi IShIDga qarshi operatsiyaga qo‘mondonlik qilayotgan amerikalik general Stiven Taunsend.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, harbiylar dushman bilan to‘qnashuv chog‘ida halok bo‘lmagan. Voqea yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)