Hindiston shimolidagi Gorakxpur shahrida joylashgan shifoxonada olti kun ichida 64 bola vafot etdi. Bu haqda, AFP’ga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, bolalar shifoxonada kislorod yetishmasligidan vafot etgan bo‘lishi mumkin.
Mijozlardan birining ota-onasiga ko‘ra, shifoxona xodimlari bemorlarning qarindoshlariga kislorod yostiqchalari tarqatganidan so‘ng ayniqsa o‘limlar soni ko‘paygan.
Hukumat voqeaning kislorod yetishmovchiligi bilan bog‘liqligini inkor qilmoqda. Uning versiyasiga ko‘ra, bolalar tabiiy sabablarga ko‘ra olamdan o‘tgan.
Izoh (0)