Ko‘plab milliarderlar Twitter va Facebook’dan faol foydalanadi. Instagram’dan esa Forbes milliarderlari nisbatan kamroq foydalanadi. Shunday bo‘lsa ham, Instagram’dan foydalanuvchi mashhur milliarderlar bor. Forbes Instagram’ning ana shu foydalanuvchilarini bir to‘plamga jamladi.
Jeff Bezos, 72,8 milliard dollar, 29,8 ming abonent
Amazon rahbari Instagram’dagi birinchi postini ikki hafta oldin yozgan. Uning beshta postidan uchtasi New Glenn raketa tashuvchisiga bag‘ishlangan.Mark Sukerberg, 56 milliard dollar, 2,8 millionta abonent
Sukerbergning Instagram’i boshqalarnikidan unchalik farq qilmaydi: oilaviy bayramlar, sayohatlar, hamkasblar va sevimli iti bilan suratlar.Maykl Blumberg, 47,5 milliard dollar, 77,8 mingta abonent
Milliarderning Instagram’idagi suratlarda uni bo‘yinbo‘gsiz ko‘rish qiyin. U, asosan, turli yig‘ilishlardagi ishtiroki aks etgan suratlarni tarmoqqa joylaydi.Ilon Mask, 13,9 milliard dollar, 2,3 millionta abonent
Milliarderning profilida qoldirilgan postlar soni to‘rt yarim yil ichida 100 taga ham yetmagan. Maskning sahifasida Tesla va SpaceX raketasi suratlari asosiy o‘rinni egallaydi.Devid Geffen, 7,3 milliard dollar, 36,6 mingta abonent
Geffen Records ovoz yozish kompaniyasi asoschisi tarmoqqa yulduzlar bilan tushgan, yaxtadagi va top-modellar bilan tushgan suratlarni joylaydi.Richard Brinson, 5 milliard dollar, 1,9 millionta abonent
Richard Brensonning Instagram sahifasi turli motivatorlar bilan to‘ldirilgan. U o‘z muvaffaqiyatlarini Kant va Joan Rouling muvaffaqiyatlari bilan tenglashtiradi.Brayan Cheski, 3,8 milliard dollar, 22,7 mingta abonent
Airbnb rahbarining sahifasi ko‘pchilikni o‘ziga tortishi qiyin.Jo Gebbia, 3,8 milliard dollar, 12,3 mingta abonent
Airbnb asoschilaridan yana biri san’atni yaxshi ko‘radi.Mark Kyuban, 3,4 milliard dollar, 803 mingta abonent
59 yoshli milliarder Disneylendda tushilgan suratlarni joylash orqali ideal ota obrazini yaratgan.Araz Agalarov, 1,7 milliard dollar, 96,6 mingta abonent
Baxtli oilaning yana bir xronikasi.https://www.instagram.com/p/BI0VbfZB-BJ/
Izoh (0)