Eronning Dizful shahrida xlor sizishi oqibatida 475 kishi jabrlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarda 362 kishi yaralangani bildirilgan edi. Keyinroq jabrlanganlar soni oshdi.
Ularning aksariyati birinchi yordam ko‘rsatilganidan so‘ng uylariga yuborildi. Shifoxonada 45 kishi qolmoqda.
Izoh (0)