Qatarga boykot e’lon qilgan arab davlatlari (Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Misr) Doxa bilan biznes yurituvchi AQSh kompaniyalarining huquqlariga daxl qilmaslikka va’da berdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, iyul oyida arab davlatlarining rasmiylari AQSh davlat kotibi Reks Tillersonga maktub yo‘llab, Qatar bilan diplomatik aloqalar amerikalik biznesmenlar bilan munosabatlarga ta’sir ko‘rsatmasligini uqtirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Yevroittifoq ham Abu-Dabidan shu mazmundagi maktub olgan.
Hozircha ushbu axborot rasmiy tasdiqqa ega emas.
Izoh (0)